A+
A
A-
48-son ayrim fanlar chuqur organiladigan ixtisoslashtirilgan maktab - internati.

Manzili: Xonqa tumani Andalib ko'chasi 1 a uy

Telefon: (0362) 399 12 00

Faks: (0362) 399 25 83

e-mail: xonqa48imi@umail.uz

  • Css Template Preview
  • Css Template Preview
  • Css Template Preview
  • Css Template Preview
  • Css Template Preview
Sayt haqidagi fikringiz
Ajoyib
Yomon emas
Qoniqarli
Kamchiliklar ko`p

 
.
dle dle.
.
.
psp
.
.
.
.
» » » OZBEKISTON RESPUBLIKASI KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI
OZBEKISTON RESPUBLIKASI
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI

(Ozbekiston Respublikasi 29.08.97 y. qonuni bilan tasdiqlangan)

UMUMIY QOIDALAR
 
      Ozbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy yangilanishini, ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qoshilishni ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini royobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini ozgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish Ozbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
     Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta'lim tog'risida"gi Ozbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bolib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moljalni tog'ri ola bilish mahoratiga ega bolgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yonaltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini royobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta ozlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida oz javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
 
1. MUAMMOLAR VA KADRLAR TAYYORLASh TIZIMINI TUBDAN ISLOX QILISH OMILLARI

1.1. Rivojlanishning erishilgan darajasi
 
     Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning oziga xos yolini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qoydi va qator chora-tadbirlar korishni: "Ta'lim tog'risida"gi qonunni joriy etishni (1992 yil); yangi oquv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni; oquv yurtlarini attestatsiyadan otkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog'chalari hamda "bolalar bog'chasi-maktab" majmui tarmog'i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san'ati, kompyuter savodxonligi asoslarini orgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan. Yangi tipdagi maktablar va umumta'lim oquv yurtlari tarmog'i rivojlanib bormoqda. hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. "Sog'lom avlod uchun", "Ma'naviyat va ma'rifat", "Iqtisodiy ta'lim", "Qishloq maktabi", "Rivojlanishda nuqsoni bolgan bolalarni tiklash" va boshqa tarmoq dasturlari royobga chiqarilmoqda. 
     Respublika umumta'lim maktablarida 435 mingdan ortiq oqituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma'lumotlidir. Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta'limini qayta tashkil etishga kirishildi. hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta'lim bilan qamrab olgan 442 oquv yurti, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang'ich kasb-hunar ta'limi oquv yurtlarida qariyb 20 ming oqituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda. Respublikada jami 197 ming kishi ta'lim olayotgan 258 orta kasb-hunar ta'limi oquv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming oqituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda. OZBEKISTON oliy maktabi tizimi 58 oliy oquv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni oz ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta'lim olmoqda; 16 universitetning on ikkitasi Ozbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. 
     Oliy oquv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming oqituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta'limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yonalishga otkazish ishi olib borilmoqda, oquv yurtlarining tarmog'i kengaymoqda, universitet ta'limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari boyicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni kop bosqichli tizimga otkazish amalga oshirilmoqda. Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg'or usullari joriy etilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. 
      Respublikada qariyb 4 ming aspirant bolib, ulardan 69 foizi oliy ta'lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta'lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi. Iqtidorli bolalar va oquvchi yoshlarni qollab-quvvatlash boyicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste'dodli osmir va qizlarni izlab topish, ularga komaklashish, ularning qobiliyati va iste'dodini ostirish boyicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi oquv yurtlari va ilmiy markazlarda oqitish va stajirovkadan otkazish yolga qoyildi. Fan va ta'lim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda. Shunga qaramay, sodir etilgan ozgaririshlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bolishini ta'minlay olmadi. 
 
1.2. Kamchiliklar va muammolar

     Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik ozgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, oquv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli oquv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish ortasida puxta ozaro hamkorlik va ozaro foydali integratsiyaning yoqligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi. Ta'lim-tarbiya va oquv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir.
      Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bolayotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog'lanmagan. Maktabgacha ta'lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Bog'cha yoshidagi bolalarning 25 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi ortasida sezilarli tafovut mavjud. Maktablarda va boshqa oquv yurtlarida ta'lim jarayonining ozidagi va oqitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki oquvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolayapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarlik yoq. 9-11 sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda oz ornini aniqlay olmaydi.        Ularda ozlariga ishonch shakllangan emas. Orta maktab bitiruvchilarining 10 foizigina oliy oquv yurtlariga oqishga kirmoqda, xolos. 
     Majburiy toqqiz yillik ta'limga asoslangan on bir yillik umumiy orta ta'lim ilmiy asoslanmagandir, u oquvchilarda kasbga yonaltirish va ta'limning amaliy yonalganligi yetarli darajada bolishi hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati konikmalari shakllanishini ta'minlamayapti. Har yili tayanch maktablarning 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb-hunar ta'limini davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda. Ta'lim tizimidagi mavjud umumta'lim va kasb-hunar dasturlari ortasida uzviylik va vorislikning yoqligi sababli tayanch va orta maktab bitiruvchilarida kasbga yonaltirilganlik va mehnat faoliyati konikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada yigit va qizlar oz qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yolini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar. oquv jarayoni bilim darajasi ortacha bolgan oquvchilarga moljallangan bolib, ta'limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi oquv dasturlari boyicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti. Oquv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan toliq xoli bolganicha yoq, ularda ma'naviyat va ahloq asoslarini orgatuvchi, huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga yetarlicha orin berilmayapti. Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta'lim muassasalariga otish koproq og'izda bolib, amalda esa ularda ta'lim eskirib qolgan moddiy-texnika va oquv-uslubiy bazasida, tegishli qayta tayyorgarlikdan otmagan oqituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda. 
    Bir bosqichli oliy ta'lim mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy ozgarishlarni va ilg'or xalqaro tajribani toliq hajmda hisobga olmayotir. oquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda oquv yurtlari yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular kasbiy mehnat bozorining ozgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashib bormayapti. Ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy institutlar kadrlarni tayyorlash jarayoniga yetarli darajada qoshilganlari yoq. Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, ta'lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan otkazish vazifalari belgilab olinmagan. Oquvchilarning bilim darajasini baholash tizimi ob'ektivlik va tezkorlikni ta'minlamaydi. Kasb-hunar ta'limining obrosi hamda oqituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Ta'lim xizmati korsatish va kadrlar tayyorlash sohasida marketing mavjud emas, ta'lim tizimini kop variantli moliyalash sxemasi ishlab chiqilmagan. Oliy malakali kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini nazorat qilish hamda baholash tizimi qoniqarsiz ishlamoqda. Oqituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik kormaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bolib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar etishmasligi sezilmoqda.    Maktabgacha ta'lim sohasidagi jami tarbiyachi va pedagoglarning atigi 20 foizi oliy ma'lumotlidir.
     Maktablarning oqituvchilar bilan ta'minlanganligi ortacha 93 foizni tashkil etgani holda, bu korsatkich ayrim viloyatlarda 77-80 foizdan, muayyan fanlar boyicha esa 50 foizdan oshmaydi. Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ortacha yoshi "ulg'ayib" bormoqda. Respublika oliy oquv yurtlarida 40 yoshga tolmagan fan doktorlari jami fan doktorlarining 0,9 foizini, 50 va undan katta yoshdagilari esa 79 foizini tashkil etadi. Fan doktorlari ilmiy darajasiga tasdiqlanganlar ortacha 50, fan nomzodlari esa 36 yoshdadir.  
 
1.3. Islox qilish omillari
 
     Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan islo qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat:
     Respublikaning demokratik xuquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
     mamlakat iqtisodiyotida tub o'zgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xomashyo yo'nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yoliga izchil o'tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayyotganligi;
     davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi qaror topganligi;
  milliy o'zlikni anglashning o'sib borishi, vatanparvarlik, o'z vatani uchun iftixor tuyg'usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an'analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
     O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro'-e'tiborining mustahkamlanib borayotganligi.
 
2. MILLIY DASTURNING MAQSADI, VAZIFALARI VA UNI ROYOBGA CHIQARISH BOSQICHLARI
2.1. Dasturning maqsad va vazifalari
 
      Mazkur dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni otmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tola xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Ushbu maqsadni royobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: "Ta'lim tog'risida"gi Ozbekiston Respublikasi qonuniga muvofiqta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona oquv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash; ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash: 
     Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini kotarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta'lim oluvchilarni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; ta'lim va kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarini attestatsiyadan otkazish va akrreditasiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish; yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta'limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat korsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; ta'lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta'minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag'lar, shu jumladan chet el investisiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; kadrlar tayyorlash sohasida ozaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
 
2.2.Dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari

      Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro'yobga chiqariladi.
Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
     Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
    "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga muvofiqta'lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash;
pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish;
     ta'lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlilik darajasi, malakasi, madaniy va ma'naviy-ahloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo'yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta'lim standartlarini yaratish va joriy etish;
    o'quv-uslubiy majmualarning hamda ta'lim jarayoni didaktik va axborot ta'minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish;
    o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uchun zarur moddiy-texnika, o'quv-uslubiy va kadrlar bazasini tayyorlash;
ta'lim va kadrlar tayyorlashga byudjetdan tashqari mablag'lar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish, davlat ta'lim muassasalari bilan bir qatorda nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirishni ham nazarda tutgan holda ta'lim xizmati o'rsatish sohasida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish;
     ta'lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimini, kadrlar tayyorlash sifati va ularga bo'lgan ehtiyojning monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
     xalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish, kadrlar tayyorlashda xalqaro donorlik tashkilotlari va fondlari faoliyatiga tegishli sharoitlar yaratish, shuningdek respublika ta'lim sohasiga chet el investisiyalarini jalb etish bo'yicha real chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
     Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro'yobga chiqarishning monitoringini olib borish.
     Ushbu bosqichda bolalarni olti-etti yoshdan maktabga qabul qilish, ularning jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanganligini e'tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Taqozo etilayotgan o'quvchi o'rinlari zarur moddiy-texnika shart-sharoitlari va pedagog kadrlar bilan ta'minlangan holda izchil tayyorlanadi.
     Birinchi bosqich bajarilishining monitoringi asosida Milliy dasturni ro'yobga chiqarish yo'nalishlariga aniqliklar kiritiladi. 
    Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) Milliy dasturni to'liq ro'yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.
    Majburiy umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga, shuningdek o'quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta'limga o'tish to'liq amalga oshiriladi. 
    Ta'lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to'ldirish ta'minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
    Ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o'quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlanadi. Uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirish amalga shiriladi.
    Ta'lim xizmat ko'rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to'liqishga solinadi. 
    Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiqkadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
    Ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, o'quv-tarbiya jarayoni yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan to'liqta'minlanadi.
    Milliy (elita) oliy ta'lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi. 
    Kasb-hunar ta'limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o'zini o'zi boshqarishi shakllari mustahkamlanadi.
    Ta'lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta'lim tizimi jahon axborot tarmog'iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog'i bilan to'liq qamrab olinadi. 
 
3. KADRLAR TAYYORLASHNING MILLIY MODELI
 
     Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta'lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bolib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat korsatish muhitini oz ichiga oladi; fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish kadrlarga bolgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta'minlash jarayonining qatnashchisi.
     Davlat va jamiyat uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiqbolishini va hayot ozgarishlariga moslashuvchanligini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta'lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg'or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bolib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.

3.1.Shaxs
 
      Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liqbo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqi ro'yobga chiqariladi.
    "Ta'lim to'g'risida"gi qonun umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi standartlari orqali sifatli ta'lim olish, shuningdek ta'lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o'tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.
     Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga davlat ta'lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko'rish kafolatlanadi.Ta'lim olish jarayonida shaxs davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
     Shaxs ta'lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta'lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat ko'rsatadi va o'z bilimi va tajribasini o'rgatishda ishtirok etadi.
 
 3.2. Davlat va jamiyat
 

     Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh utaxassislarni tayyorlash bo'yicha ta'lim muassasalarining faoliyatini uyg'unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko'rsatadi.
    Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi:
    Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o'z malakasini oshirish huquqlari ro'yobga chiqarilishiga;
    Majburiy umumiy o'rta ta'lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta'lim olish yo'nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishga;
    Davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta'lim va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim olish huquqiga;
    Davlat ta'lim muassasalarini mablag' bilan ta'minlashga;
    Ta'lim oluvchilarning o'qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
    Ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga;
    Sog'liq va rivojlanishda nuqsoni bo'lgan shaxslar ta'lim olishiga kafolat beradilar.
 
 3.3.Uzluksiz talim  
  
     Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, Ozbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
     Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 
 
3.3.1. Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari 
 
    Uzluksiz ta'limning faoliyat korsatish prinsiplari quyidagilardan iborat:
     ta'limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak intellektning nufuzi;
     ta'limning demokratlashuvi ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda oquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga otilishi;
     ta'limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta'limga nisbatan bolgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit ozaro munosabatlarining uyg'unlashuvi;
     ta'limning ijtimoiylashuvi ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
     ta'limning milliy yonaltirilganligi ta'limning milliy tarix, xalqan'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, Ozbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning ota muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
      ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yonaltirilganligi;
      iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.  
  
3.3.2. Uzluksiz ta'limni isloh qilish yonalishlari
     Uzluksiz ta'lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi: 
ta'lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, oqituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish;
     davlat va nodavlat ta'lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish;
ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta'lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta'lim va kasb-hunar ta'limi dasturlarini tubdan ozgartirish;
      majburiy umumiy orta ta'limdan orta maxsus, kasb-hunar ta'limiga otilishini ta'minlash;
      maxsus, kasb-hunar ta'limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi oquv muassasalarini vujudga keltirish;
      ilg'or texnologiyalarni keng ozlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy ozgarishlar, chet el investisiyalari kolamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog'liqyangi kasb-hunar va tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
     milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta'limning barcha darajalari va bog'inlarida ta'lim oluvchilarning ma'naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
     ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta'lim muassasalarini mintaqalashtirish;
     ta'lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma'naviy-ahloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;
     ta'lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish va joriy etish;
ta'lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta'minlash mexanizmlarini shakllantirish;
     uzluksiz ta'limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish ;
     ta'lim va ilm-fan bilan bog'liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;
     tub yerli millatga mansub bolmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular oz ona tillarida ta'lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish;
     ta'limning barcha darajalarida ta'lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiena ta'limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.
 
3.3.3. Uzluksiz ta'lim tizimi va turlari
 
    Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini oz ichiga oladi:
    maktabgacha ta'lim;
    umumiy orta ta'lim;
    orta maxsus, kasb-hunar ta'limi;
    oliy ta'lim;
    oliy oquv yurtidan keyingi ta'lim;
    kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
    maktabdan tashqari ta'lim.
    Kadrlar tayyorlash milliy modelining oziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi toqqiz yillik umumiy orta hamda uch yillik orta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta'lim dasturlaridan orta maxsus, kasb-hunar ta'limi dasturlariga izchil otilishini ta'minlaydi.
    Umumiy ta'lim dasturlari: maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar), umumiy orta ta'lim (I-IX sinflar), orta maxsus, kasb-hunar ta'limini qamrab oladi. 
 
Maktabgacha ta'lim 
 
     Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-etti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
     Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo'ladi:
malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; dle

  • Gov.Uz
  • Lex.Uz
  • Oliy Majlis
  • Oliy Majlis
  • Xalq ta`imi vazirligi