Asosiy > Ochiq darslar > A.Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag'ishlangan ochiq dars

A.Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag'ishlangan ochiq dars


9-02-2016, 13:16. Joylashtirdi: admin
O'qituvchi:            Dilnoza O'rinova

 

                                 Darsning texnologik xaritasi

Mavzu: "MAHBUB  UL- QULUB Alisher Navoiy.  Hikmatlar.

t/r

Mavzu

Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Hikmatlari haqida

1

Maqsad va vazifalar

Darsning talimiy maqsadi:

  O`quvchilarga A.Navoiy hikmatlari haqida malumot berish.  

Darsning tarbiyaviy maqsadi:

         O`quvchilarning rostgo`ylik va halollik xususiyatlarini shakllantirish. Guruhdagi boshqa o`rtoqlarining javoblarini hurmat qilish hususiyatini rivojlantirish, dunyoqarashini shakllantirish. Mavzuga ko`ra  aqliy, manaviy, estetik didini  tarbiyalash; kitobga, bilim, olishga mehrini uyg`otish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

       O`quvchilarning  mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini  rivojlantirish, asarlarni to`g`ri tahlil qilish    malakalarini  hosil qilish.

O`quvchilarda fanga, mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, ularda mavzu asosida  bilim va ko`nikmalarni  shakllantirish, kengaytirish;

 O`quvchilarni  mustaqil ish bajarishga o`rgatish. Tez va to`g`ri qaror qabul qilish qobilyatini rivojlantirish.

 

Oquv  jarayoning mazmuni

Alisher Navoiy ning hayoti va ijodini o`rganish. O`quvchilarni  Alisher Navoiyning  ijodi namunasi "MAHBUB  UL- QULUB  asari bilan tanishtirish.

 

O`quv jarayonini amalga oshirish texnalogiyasi

Darsning metodi:

Bahs- munozara, suhbat, bellashuv,didaktik o`yinlar, ko`rgazmali qurollarga asoslangan.

Shakl: kichik guruhlar va yakka ishlash

Darsning jihozi:

         Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, ko`rgazmalar , rasmlar, mavzuga oid plakatlar. Alisher Navoiyning   "MAHBUB  UL- QULUB  asari

Nazorat: Savol-javob

Baholash: Rag`bat kartochkalari vositasida va 5 balli tizim asosida baholanadi.

 

Kutilayotgan natija:

Dars yakunida o`quvchilar  Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, yozgan asarlari ,qolaversa "MAHBUB  UL- QULUB  asari va undagi hikmatlar haqida tushunchaga ega bo`lishadi.

 

Kelgusi rejalar:

Pedagogik texnalogiyalarni rivojlantirish va darsda tashkil etish, takomillashtirish, o`z ustida ishlash. Pedagogik mahoratini oshirish. O`quvchilar mustaqil bilimlarni o`zlashtirishni o`rganadi. 

 

Uyga vazifa

Navoiy hikmatlarini sevib o`qiyman mavzusida insho yozib kelish

 

 

 

 

 

 

DARS BLOK SXEMASI

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Oquvchilarni baholash

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

 

Darsning shiori:

                                                        Oz-oz o`rganib dono bo`lur,

                                                                   Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur.                                              

ALISHER NAVOIY

DARSNING BORISHI:

 Tashkiliy qism:

1. Salomlashish.

-Assalomu alaykum, dono oquvchilarim!

Assalomu alaykum, aziz ustoz, muallim!

Bizlar shaymiz saboqqa, hamda bilim olmoqqa,

Jon-u dildan tinglaymiz, sizni aziz muallim, ozingiz bering talim

2. Ozbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini kuylash:

-Assalom ona yurt toglar olkasi,

Tarif, tavsifingni yoq nihoyasi,

Senga bagishlanur muqaddas qoshiq-

Bu ozbek elining oz madhiyasi!

O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi kuylanadi.

 

O`qituvchi:  Mana bugun 9-fevral turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakili Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Bu yil A.ZNavoiy tavalludiga 575 yil to`ladi.

Mana shu munosabat bilan biz  bugungi darsimizni noananaviy tarzda olib boramiz. Biz o`tgan darslarimizda Navoiy ijodi va hayot yo`li haqida o`quvchilar bilan suhbatlashgan edik.Kelinglar hozir shoir hayot yo`li haqida o`quvchilardan tinglasak.

O`quvchilar  Navoiy hayoti va ijodiga oid malumotlarni aytishadi.

O`qituvchi:Rahmat.Endi o`quvchilarimizning oldingi mavzudan olgan bilimlarini sinab ko`ramiz va bu orqali bugungi mavzuyimizni aniqlab olamiz.

(O`quvchilarga orqasiga harflar yozilgan tarqatmalar beriladi, savolga javob bergan o`quvchi tartib raqam bilan harflarni doskaga ilib qo`yishadi va doskada yangi mavzu "Hikmatli so`zlarso`zi paydo bo`ladi.)

O`qituvchi: Demak, aziz o`quvchilar bugungi mavzuyimiz Navoiy hikmatlari  yani "Mahbub ul-qulub asari haqida bo`ladi.

(Asar va hikmat haqida o`quvchilarga malumot beriladi)

O`qituvchi:Endi o`quvchilarimizdan yod olib kelgan Navoiyning hikmatli so`zlaridan tinglasak.

DARSNI MUSTAHKAMLASH:

1Zanjir o`yini o`tkazish.Bunda o`quvchilar guruhlarga bo`linadi va Navoiy  ijodiga oid bir-bir malumot aytishadi.To`xtagan yoki takror malumot aytgan guruh yutqazadi.G`olib guruhga Rag`bat kartochkasi beriladi.

2KLASSTERusulidan foydalanib Alisher Navoiy hamda "Mahbub ul-qulubasariga guruhlar baho berishadi.G`olib guruhga Rag`bat kartochkasi beriladi.
3 Yakka tartibda ishlash.Test savollari berish.Natijalarni ko`rib o`quvchilarni baholash.

O`qituvchi:(Agar vaqt yetsa)Serqirra ijod sohibi M.Shayxzoda Alisher Navoiyga "Gazai mulkining sultoni-deb bejizga tarif bermaganlar.Chunki,Navoiy turkiy va forsiy tillarda birday mahorat bilan qalam tebratgan zabardast shoir.Ammo turkiy tilda sher bitishda hech kim Navoiydek kamolot qozonmagan.Bu haqda mashhurlar aytgan fikrlarni tinglasak.(O`quvchilar Navoiy haqidagi mashhurlar fikrlarini aytishadi)

O`qituvchi:Demak,yurtboshimiz takidlaganlaridek,darhaqiqat,Navoiy shoirlarning sultonidir.Bugungi darsimizga Navoiy sheriyatining chin muxlisi bo`lgan o`quvchilarimiz shoir g`azallari, ruboiylari va tuyuqlaridan yod olib kelishgan.Shularni tinglasak.

O`qituvchi: Shuning bilan bugungi darsimiz o`z nihoyasiga yetdi.Muhtaram Prezidentimiz 2016-yilni "Sog`lom ona sog`lom bola " yili deb  bejizga nomlamadilar.Zero , "Farzandlari so`lom yurt qudratli bo`lur. Shunday ekan,siz o`quvchilar ham so`lom, baquvvat bo`lsangiz, o`qib o`rganishingizga ,bilim olishingizga imkoniyat yanada keng bo`ladi.Shundagina siz bilimli,zukko

insonlar bo`lasiz. Ana shu zehningiz,aqlingiz bilan Navoiy bobongizga munosib izdoshlar bo`lib yetishishingizni tilayman.

Uyga vazifa: Navoiy hikmatlarini sevib o`qiyman mavzusida insho yozib kelish

dle
Qaytish
.
dle dle.
.
.
psp
.
.
.
psvita .
android .
.